✅ Vaksinatsiya — yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi ishonchli qalqon!
Yuqumli kasalliklarni davolashdan ko‘ra, ularning oldini olish ming chandon oson va xavfsizdir. Vaksinalar organizmimizda xavfli viruslarga qarshi kuchli immunitet hosil qiluvchi dunyo tibbiyotidagi eng samarali vosita hisoblanadi.✅ Bilish muhim bo‘lgan asosiy vaksinalar:
✅ BSJ vaksinasi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sil (tuberkulyoz) kasalligining eng og‘ir va o‘limga olib keluvchi shakllaridan asraydi.
✅ Qizamiqqa qarshi (KPK) vaksina: Bolalarni o‘ta yuqumli bo‘lgan qizamiq xastaligi va uning o‘pka hamda miya yallig‘lanishi kabi og‘ir asoratlaridan to‘liq himoya qiladi.
✅ VPCH (Odam papilloma virusi) vaksinasi: Qizlarimizni kelajakda bachadon bo‘yni saratoni (rak) kasalligiga chalinishdan deyarli 100% asrovchi yagona vositadir.
✅ Gepatitga qarshi emlash: Jigarni yemiruvchi va og‘ir surunkali xastaliklarga sabab bo‘luvchi gepatit «B» va «C» viruslarining tarqalishiga to‘siq bo‘ladi.
❌ Eslatma: Vaksinalar yillar davomida dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan bo‘lib, ular mutlaqo xavfsizdir. Milliy taqvim asosida poliklinikalarda o‘tkaziladigan emlashlar davlatimiz tomonidan bepul amalga oshiriladi.
✅ Aziz ota-onalar! Farzandlaringiz sog‘lom va baxtli voyaga yetishi uchun emlash jarayonlarini ortga surmang, kechiktirmang! Bugun qilingan birgina emlash — farzandingizning sog‘lom kelajagi kafolatidir.
✅Sanepidqo‘mita Gurlan tuman bo‘limi Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Immunizatsiya haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida24-04-2026, 10:32
Qizamiq20-08-2025, 12:28
Meningitdan ehtiyot bo‘ling!24-04-2026, 10:32
YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI EMLASHNING AHAMIYATI YUZASIDAN MAHALLABOY ISHLASH TIZIMI BO'YICHA QILINGAN ISHLAR YUZASIDAN!26-11-2024, 09:59
KORRUPPSIYAQA QARSHI JCHKI NASORAT TUZILMALARINING TASHKIL ETILISH HOLATI !29-10-2024, 08:47











