Qizamiq
Qizamiq — belgilari, yuqish yo’llari, asoratlari, davolash, oldini olishQizamiq (lot. Morbili) — o’tkir infektsion virusli infektsiya bo’lib, o’ta yuqumli hisoblanadi. Kasallik belgilari yuqori isitma, xarakterli toshma, tomoq og’rig’i, yo’tal, organizmning jiddiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo’ladi. Qizamiq bilan har qanday bola, hatto kattalar ham xastalanishi mumkin. Bunda kasallik og’ir kechishi, asoratlar chaqirishi va ba’zan o’limga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Bolalarda qizamiq kasalligi haqida
Ushbu kasallik har yili butun dunyo bo’ylab 150 ming kishi, asosan 10 yoshgacha bo’lgan bolalarning umriga zomin bo’ladi. Shu bois, har bir kishi, ayniqsa, yosh bolalarning ota-onasi qizamiq qanday kasallik ekanligini yaxshi bilishlari kerak.
Mundarija
Kasallik sabablari
Yuqish yo’llari
Inkubatsion davr
Qizamiq alomatlari
Bolalarda
Kattalarda
Qizamiqning atipik shakllari
Tashxislash
Qizamiqni davolash
Medikamentoz terapiya
Oldini olish
Kasallik sabablari
Infektsiya manbai bemor kishi sanaladi. Virus havo-tomchi yo’l bilan o’tadi va juda yuqumli hisoblanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi paramiksoviruslar oilasi, morbilliviruslar avlodiga oid RNK-virusdir. Paramiksovirus organizm tashqarisida beqaror bo’lib, ultrabinafsha nurlari, past namlik ta’sirida tezda nobud bo’ladi, lekin quyi haroratda (-70 °C) saqlanib turish xususiyatiga ega.
Yuqish yo’llari
Qizamiq bilan mavsumiy ravishda — okytabrdan aprel oyigacha kasallanish — odamlar bu mavsumda ko’proq yopiq xonalarda to’planib o’tirishlari bilan bog’liq. Bolalarning infektsiyalanishi ko’pincha bog’chalarda sodir bo’ladi. Virus tashqi muhitga chidamsizligi tufayli uchinchi shaxslar orqali kasallanish holatlari juda kam.
Infektsiya qo’zg’atuvchisi bemordan sog’lom odamga havo-tomchi yo’l orqali uzatiladi. Kasallikning toshma toshishiga 3-4 kun qolgan muddatida (inkubatsion davrda) virus faol ravishda tarqala boshlaydi. Bu vaqtda kasallikning klinik belgilari kuzatilmasligi sog’lom odamlarning ehtiyot choralari ko’rmasliklariga sabab bo’ladi.
Umumiy ravishda kasallangan bemor atrofdagilar uchun 7-10 kun davomida xavfli sanaladi. Vaktsina olmagan kishilar bemor bilan yaqin aloqada bo’lishda infektsiyalanish ehtimoli deyarli 100% ni tashkil etadi. Qo’zga’tuvchi shuningdek havo yo’llari orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin, masalan, zinapoyalar, ko’p qavatli uylarda shamollatish shaxtlari orqali va hokazo.
So’nggi o’n yillikda rejalashtirilgan vaktsinatsiya joriy etilishi natijasida bolalarda kasallanish ko’rsatkichi sezilarli darajada kamaydi, ammo aholining katta yoshli qismi orasida paramiksovirusga qarshi immunitetga ega bo’lmaganlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bu kattalar orasida kasallanishlar ko’pligi, shuningdek qizamiq bachadon ichida onadan bolaga o’tishi holatlarini keltirib chiqarmoqda.
Agar odam kasallikka chalinib, tuzalib ketgan bo’lsa, unda umrining qolgan qismiga qadar doimiy immunitet shakllanadi va takroriy kasallanish ehtimoli juda kam. Qayta kasallanish holati odatda immunitet tanqisligi bilan bog’liq bo’ladi.
Ikki yoshgacha bo’lgan bolalarda qizamiq bilan kasallanish odatda onada paromiksovirusga qarshi tabiiy yoki vaktsina hisobiga hosil bo’lgan immunitet mavjud bo’lmaganda kuzatiladi. Chaqaloqlar uchun kasallikning xavfi hisobga olinib, homiladorlikni rejalashtirish davrida ayollarga paramikыovirusga qarshi vaktsina olish tavsiya qilinadi.
Inkubatsion davr
Qizamiq qo’zg’atuvchisi inson organizmiga nafas yo’llarining shilliq qavatlari va ko’rish a’zolari orqali kiradi.
Virus kirganidan uch kun o’tgach, paramiksovirus qon oqimiga o’tadi, limfa tugunlari orqali tarqaladi va taloqda cho’kadi, u yerda inkubatsiya davri davomida (7-17 kun) qon oqimida faol ravishda ko’payadi.
Virusning inkubatsiya davri tugagach, yangi hosil qilingan viruslar butun organizm bo’ylab tarqalib, teri, kon’yuktiva, oshqozon-ichak trakti a’zolari, nafas olish va asab tizimini shikastlaydi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Qizamiq – oʻtkir yuqumli kasallik; gavda haroratining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi.5-08-2025, 10:56
Qizamiq va qizilcha kasalligi10-01-2025, 11:14
Qizamiq — tana haroratining koʻtarilishi, yuqori nafas yoʻllari, koʻz shilliq pardasi, ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanishi va terida qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi orqali belgi beradi.5-08-2025, 10:58
Brutsellyoz: Xavfli kasallikdan qanday saqlanish mumkin?21-01-2025, 14:03
Xayvondan jaroxatlanishning oldini olish uyushmagan bolalarda gijja tuxumlarini erta aniklash maksadida mikroskopik tekshiruvlarni olib borildi21-08-2023, 11:36











