Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » “Immunizatsiya haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

“Immunizatsiya haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

24-04-2026, 10:32
22
Gurlan tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 20–25 aprel kunlari “Immunizatsiya haftaligi” doirasida keng qamrovli sanitariya-targ‘ibot va emlash ishlari olib borilmoqda.

🟢 Aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalarining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda brifinglar, uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib,
“Emlash – yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi eng samarali va yagona vosita” ekanligi keng tushuntirilmoqda.

🟡 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.11.2024 yildagi 402-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
📌 9 yoshdagi qiz bolalarni VPCH (inson papilloma virusi)ga qarshi emlash ishlari tashkil etilmoqda.
Bu borada ota-onalar va ta’lim muassasalari o‘rtasida vaksinaning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari faollashtirilgan.

🔵 “Immunizatsiya haftaligi” davomida:

13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali emlashlar;
qizamiqqa qarshi qo‘shimcha emlashlar;
emlanmay qolgan bolalar va aholini aniqlash va jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.

🟣 Tadbirlar idoralararo hamkorlik asosida olib borilib, aholining emlash qamrovini oshirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilgan.
🌐Sanepid qo’mita Gurlan tumani
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.