Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » BIOFAOL QO‘SHIMCHALAR VA OZDIRUVCHI VOSITALARNI EHTIYOTSIZ ISTE’MOL QILMANG!

BIOFAOL QO‘SHIMCHALAR VA OZDIRUVCHI VOSITALARNI EHTIYOTSIZ ISTE’MOL QILMANG!

11-09-2026, 13:37
5
Bugungi kunda vazn kamaytirish maqsadida turli biofaol qo‘shimchalar va ozdiruvchi vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda.

✅ Bunday vositalarni nazoratsiz qabul qilish quyidagi noxush holatlarga olib kelishi mumkin:

✅ yurak urishining tezlashishi;
✅ qon bosimining oshishi yoki pasayishi;
✅ bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi;
✅ ko‘ngil aynishi, ich ketishi;
✅ uyqusizlik va asabiylashish;
✅ jigar va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir;
✅ organizmda suvsizlanish;
✅ allergik reaksiyalar va boshqa salomatlik muammolari.

Har qanday biofaol qo‘shimcha yoki ozdiruvchi vosita hamma uchun birdek xavfsiz emas! Ayniqsa, surunkali kasalligi bor insonlar ularni shifokor yoki malakali mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilmasligi kerak.

✅ Sog‘lom vazn kamaytirishning eng to‘g‘ri yo‘li — muvozanatli ovqatlanish, jismoniy faollik va mutaxassis tavsiyasiga amal qilishdir.

Salomatligingizni asrang — noma’lum va tekshirilmagan vositalarni o‘zboshimchalik bilan iste’mol qilmang!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.