Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Unutmang! Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi emas!

Unutmang! Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi emas!

23-07-2026, 09:40
24
✅ Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) organizmni qo‘llab-quvvatlash va ayrim vitamin hamda minerallar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan mahsulotlardir.
⚠️ Ammo ular:
✅Kasallikni davolamaydi;
✅ Shifokor belgilagan dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi;
✅ Tashxis qo‘yish yoki davolash maqsadida qo‘llanilmaydi.
✅ BFQlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ayniqsa, homilador ayollar, emizikli onalar, bolalar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar ehtiyotkor bo‘lishlari zarur.
✅ Mahsulot xarid qilayotganda uning:
✔️ davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
✅yaroqlilik muddati;
✔️ saqlash sharoiti;
✔️ ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor bering
✅ Sog‘lig‘ingizni asrang! Davolanish uchun faqat shifokor tavsiya etgan dori vositalaridan foydalaning.
SanEpidQo‘mita Gurlan tumani bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.