Mavsumiy va yuqumli kasalliklardan himoyalaning!
Sanepidqo‘mita Gurlan tuman bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va tibbiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida «mahallabay» targ‘ibot tadbirlari yanada kuchaytirildi. Mutaxassislarimiz xonadonlarda bo‘lib,aholiga muhim tavsiyalarni bermoqdalar:
➖Gripp va qizamiqdan himoya: Bu yuqumli xastaliklarning oldini olish, ularning og‘ir asoratlaridan asranishning yagona va eng samarali yo‘li — o‘z vaqtida emlanish (vaksinatsiya) hisoblanadi.
➖Quturish — bedavo kasallik: Ushbu o‘ta xavfli virusdan saqlanish uchun uy hayvonlarini rejali emlating. Hayvon tishlaganda yoki tirnaganda vaqtni boy bermay, jarohatni sovunlab yuving va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
➖VGA (Sariq kasalligi)dan asraning: Virusli gepatit A asosan kir qo‘llar va muddati o‘tgan oziq-ovqatlar orqali yuqadi. Eng oddiy yechim — shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va qo‘llarni muntazam sovunlab yuvish va o‘z vaqtida emlanishdir.
➖BADlar shunchaki biofaol qo‘shimcha: Eslatib o‘tamiz, BFQ (BAD) hech qanday kasallikni davolamaydi, u dori vositasi emas! Sog‘lig‘ingizda muammo kuzatilsa, reklamalarga aldanmay, faqat shifokor ko‘rigidan o‘ting.
✅Tozalik va sog‘lom turmush tarzi — kasalliklar ustidan g‘alabadir.
🛡Sanepidqo‘mita Gurlan tuman bo‘limi Axborot xizmati.