Sut va sut mahsulotlari qanday tekshiruvlardan o‘tkaziladi?
Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining eng muhim vazifalaridan biridir. Xususan, sut va sut mahsulotlari inson ratsionida asosiy o‘rinni egallagani sababli, ular doimiy ravishda qat'iy laboratoriya nazoratidan o‘tkaziladi.
Xo‘sh, dasturxoningizga yetib kelguniga qadar sut mahsulotlari qanday tekshiruv bosqichlaridan o‘tadi?
✅ 1. Organoleptik tahlil (Tashqi ko‘rinishi va ta'mi)
Eng birinchi bosqichda mahsulotning:
Tashqi ko‘rinishi va rangi (sut uchun xos bo‘lgan oq yoki och qaymoqrang);
Hidi va ta'mi (begona hid va achchiq ta'mlarning yo‘qligi);
Konsistensiyasi (quyulib qolmagani, bir xil tarkibdaligi) baholanadi.
✅ 2. Fizik-kimyoviy tahlil
Bu bosqichda sutning tarkibiy ko‘rsatkichlari va sofligi aniqlanadi:
Yog'lilik darajasi va zichligi: Sutga suv qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganligi tekshiriladi;
Kislotalilik darajasi: Sutning tazaligi va buzila boshlaganlik holati aniqlanadi;
Quruq modda miqdori (Somo): Sutning ozuqaviy qimmati baholanadi.
✅ 3. Mikrobiologik va bakteriologik tahlil
Mahsulotning xavfsizligini ta'minlashda eng mas'uliyatli bosqich hisoblanadi. Bunda laboratoriyada:
Ichak tayoqchalari bakteriyalari (KOLIFORM);
Patogen mikroorganizmlar (Salmonella, Stafilokokk va boshqalar);
Bakterial umumiy vaqillik (QMAOMTh) tekshiriladi.
Bunday mikroorganizmlarning mavjudligi mahsulotning iste'mol uchun yaroqsizligini ko‘rsatadi.
✅ 4. Toksikologik va Kimyoviy xavfsizlik tekshiruvi
Zamonaviy laboratoriya usullari yordamida sut tarkibidagi:
Antibiotiklar qoldiqlari;
Pestitsidlar va og'ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy va h.k.);
Mikorotoksinlar va radionuklidlar bor-yo‘qligi chuqur tahlil qilinadi.
✅ Hurmatli fuqarolar!
Sut va sut mahsulotlarini xarid qilayotganda doimo quyidagilarga e'tibor bering:
Saqlash sharoiti: Refrigirator (sovutgich) haroratiga rioya qilinganiga;
Yaroqlilik muddati: Qadoqdagi ishlab chiqarilgan sana va saqlash muddatiga;
Sifat sertifikati: Belgilanmagan joylarda, ochiq havoda sotilayotgan hamda hujjatsiz sut mahsulotlarini xarid qilmaslikni tavsiya etamiz!
Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda! Sifatli va xavfsiz mahsulotlarni tanlang!
Sanepidqo‘mita Gurlan tumani Axborot xizmati.